Old Traffordda Yevropa Ligasi rekordi o'rnatildi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2016, 11:24
Yevropa ligasi 1/8 finali doirasidagi Manchester Yunayted - Liverpul uchrashuvini ko'rish uchun Old Traffordga 75 180 tomoshabin keldi.

Bu musobaqaning rekordi hisoblanadi. Oldingi rekord (67 553 tomoshabin) Kievning Dinamo klubi uy stadionida Evertonga qarshi o'yinda (5:2) qayd etilgandi.

Dortmundning Borussiya klubi noyabr oyida guruh bosqichi uchun rekordni o'rnatgandi - 57 000.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia