OKMK OCHLda ilk bor O'mon klubi bilan to'qnash keladi

Iskandarov Abdulaziz
14 avg 2023
OKMK jamoasi ertaga OCHL o'tish o'yinida Olmaliqda O'monning "Al Sib" jamoasini qabul qiladi.

"Al Sib" OKMKning OCHLdagi 6 raqibi hisoblanadi. Bunga qadar Mirjalol Qosimov shogirdlari "Istiqlol" (Tojikiston), "Al Nassr", "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Shabab Al Ahli" (BAA), "Al Garafa" (Qatar) jamoalari bilan to'qnash kelgan edi. 

Jamoa mazkur raqiblar bilan o'yinlarda 4ta g'alaba, 1ta durang, 4 mag'lubiyat qayd etgan. 

Shuningdek, "Al Sib" "konchilar" bilan o'ynaydigan ilk O'mon klubi hisoblanadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia