OFK klublar reytingi: Lokomotiv 14-o'rinda

Narzulla Saydullayev
22 mar 2019, 12:55
Osiyo futbol Konfederatsiyasining yangilangan klublar reytingida Lokomotiv 14-o'rinda qayd etildi.

O'zbekiston chempioni hisobida 51,84 ochko bor. Umumiy reytingni Odil Ahmedov o'ynayotgan Xitoyning Shanxay SIPG klubi 99,67 ochko bilan boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikda Qatarning Al Duhayl (90,83), BAAning Al Ayn (86,02) klublari bor.

O'zbek klublari orasida ikkinchi o'rinni Qarshining Nasaf klubi egallab turibdi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa 32,84 ochko bilan 33-o'rindan joy olgan. Toshkentning Paxtakor klubi esa 31,84 ochko bilan 36-o'rinda qayd etilgan. Poytaxtning yana bir klubi Bunyodkor 22,84 ochko bilan 51-pog'onadan joy olgan. Nihoyat bu yil OCHLda debyut qilgan AGMK 8,84 ochko bilan 96-o'rinda qayd etilgan.

Ushbu reytingda Osiyoning jami 162ta klubi joy olgan. To'liq reyting bilan MANA BU havolada tanishib olish mumkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia