

nda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi texnik direktori, OFK Texnik qo'mitasi a'zosi, Bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi boshlig'i Shavkat Imomov ham qatnashadi.
“Bo'lajak yig'ilishda OFK bayrog'i ostida bo'lib o'tadigan musobaqalar strategiyasining texnik jihatlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar ommaviy futboli bo'yicha yangi Special Grassroot Awards mukofotini hamda OFKning yildagi eng yaxshi ayol futbolchisi sovrinini joriy qilish masalalari muhokama qilinadi”, – dedi Shavkat Imomov.
Avvalroq Shavkat Imomov 26 iyun – 3 iyul kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tadigan “Futbol do'stlik uchun” loyihasida O'zbekiston delegaciyasiga rahbarlik qilishi haqida xabar berilgandi.



