OCHL. O'zbekiston 2017-2020 yillarda 1+2 kvotaga ega bo'ladimi?

Narzulla Saydullayev
10 noya 2015, 15:29
OFK 2017-2020 yilgi mavsumlar uchun kvotalar taqsimotini 2016 yilning noyabr oyida e'lon qiladigan bo'ldi.

Yani 2017 yilgi mavsum boshlanishiga 3 oy qolganidagina kvotalar rasman tasdiqlanadi. O'zbekiston 2015 yilgi reytingda 5-o'rinda bormoqda. Keyingi yil boshida 2012 yilgi natijalari olib tashlanadi. O'sha yil "Bunyodkor" OCHL yarim finaliga qadar yetib borgandi. Ana shunda g'arbiy mintaqadagi vaziyat quyidagicha ko'rinish oladi:

1. Saudiya Arabistoni - 89,217 (3+1)
2. BAA - 87,991 (3+1)
3. Eron - 77,433 (2+2)
4. Qatar - 72,192 (2+2)
5. O'zbekiston - 56,489 (1+2)
6. Quvayt - 53,898 (1+2)

Ko'rib turganingizdek, keyingi yil boshida to'rtinchi o'rindagi Qatar bilan farq 16 ballni tashkil etadi. 2016 yilda O'zbekiston terma jamoasi va klublari kuchli to'rtlikka kirib 2+2 kvotasiga ega bo'lishi uchun keyingi mana shu 16 ballik farqni yo'qqa chiqarishi kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilgi mavsumda O'zbekiston xuddi bu yildagidek 3+1 ko'rinishida kvotaga ega bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia