Nigeriya Misrni mag'lub etib, Afrika kubogining bronza medali sovrindori bo'ldi. Saloh penaltidan gol ura olmadi

Alisher Ostonov
18 yanv 2026, 00:20
Afrika Millatlar Kubogi-2025 3-o'rin uchun Misr va Nigeriya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

O'yin "Mohamed V" (Kasablanka, Marokash) stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuv bosh hakami sifatida marokashlik Jalol Jiyyod ishladi. O'yinda Nigeriya terma jamoasi futbolchilari g'alabaga erishishdi - 0:0 (4:2 pen).

Jamoalar o'yinning asosiy vaqtida gol ura olishmadi, penaltilar seriyasida esa Nigeriya terma jamoasi futbolchilari aniqroq bo'lishdi. Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh o'yindan keyingi penaltilar seriyasidagi urinishini golga aylantira olmadi.



1/2 final bosqichida Nigeriya terma jamoasi marokashliklarga 0:0, 2:4 penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi. Misr terma jamoasi Senegalga yutqazgandi - 0:1.

Afrika Kubogi-2025 Marokashda bo'lib o'tmoqda. Turnir 18 yanvarga qadar davom etadi. Afrika Kubogining amaldagi g'olibi Kot-d’Ivuar terma jamoasi hisoblanadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia