Nevill: "MYU Pogba borligida kuchlidek ko'rinmoqda"

Mirjalol Normatov
8 apr 2018, 15:07
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill jamoaning ayni damdagi futbolchisi Pol Pogbaning o'yinlari haqida fikr bildirdi.

"Yil davomida aytganman, Pogba tarkibda borligida "Manchester Yunayted" kuchliroq o'yin namoyish etadi. Pol jamoaga ishonch baxsh etadi, u bilan klub barcha raqibni mag'lub etishi mumkin. Pogba - fantastik futbolchi, biroq unga barqarorlik yetishmayapti. Albatta, seni katta mablag'ga sotib olishsa holatingga biroz ta’sir o'tkazadi", - dedi Nevill.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com