

“Liverpul”ga qarshi 2005 yilgi Chempionlar Ligasi finali dramatik tarzda kechib, milanliklar uchta gol farq bilan oldinda borgan va yakunda mag'lubiyatga uchragan (3:3, penaltilar bo'yicha – 2:3).
"Bu mening futbol faoliyatimdagi eng yomon kecha edi. Ushbu final meni shunchaki o'ldirgan. Shundan keyin uzoq vaqt uxlay olmaganman. Muvaffaqiyatsizlik haqida juda ko'p o'ylaganman", – dedi italiyalik sobiq futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Alessandro Nesta 2002 yildan 2012 yilgacha "Milan" safida o'ynagan. Jami 7 marta, oxirgi bor 2007 yil Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan.



