Nemis mashinasi afsonasi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Khoja
16 iyul 2024, 10:22
Tomas Myuller terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qildi.

Men o'z mamlakatim sharafini himoya qilganimdan faxrlanaman. Barchangizga rahmat aytmoqchiman. Endi men tribunalarda muxlis bo'laman - deb fikr bildirdi yarim himoyachi.

Tomas Myuller Germaniya termasi safida 2010 yilda debyut qilgan. U nemis mashinasi safida 131 ta uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol urgan va yana 41 ta golga assist qayd etgan. U terma jamoasi safida 2014 yilda Jahon chempionatida g'alaba qozongan.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru