Nematillo Quttiboev: "Xato qilgan jazosini oladi"

Aslanov Jasurbek
8 apr 2024, 21:29
Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Aral" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Qiziqarli o'yin bo'ldi. "Sho'rtan" o'tgan turda "Mashal"ga qarshi bahsdan so'ng bizga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'rishi aniq edi. To'g'risini aytganda, bugun mezbonlar bizdan ko'ra yaxshiroq o'ynashdi.


- Bugun "Aral" qaysi chiziqda yaxshiroq o'yin namoyish etdi?


- Himoyada yaxshiroq o'ynadik. Birinchi bo'limda 25 daqiqa yaxshiroq o'ynadik. Keyin mezbonlar o'yinni kuchaytirishdi.


- Goldan so'ng qarshi hujumda jamoa raqibni tutmoqchi bo'ldi. Biroq xato evaziga gol o'tkazib yubordi deb hisoblaysizmi?


- Yo'q, xato emas. Bu raqib hujumchichisining mahorati evaziga yuzaga keldi. Aslida golli vaziyat emasdi, kutilmaganda to'pni oldirib qo'ydik.


- Bosh bilan keskin kurash yuzaga kelgandagi vaziyatni qanday baholaysiz?


- Har ikki jamoa vakili birdek harakat qildi. Bu bilan o'z futbolchimni oqlamoqchi emasman. Biroq menga ko'rinishicha, har ikki futbolchi harakatni bir vaqtda boshladi.


- Qizil kartchochkaga munosabatingiz?


- To'g'ri berildi deb o'ylayman. Xato qilgan jazosini oladi.


- "Nasaf" jamoasi himoyachisi Javohir Otamurodov bilan shartnoma imzolagandinglar. Shu yigit ko'rsatayotgan o'yin haqida fikringiz?


- Javohir bizlarga kech qo'shildi. Hozir unda jismoniy holati yaxshi emas. Ko'rayapmiz, u jamoamizda o'ynab keta oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia