Nematulloh Rustamjonov: "Yevropa jamoalarining bizning futbolchilardan jismoniy holati yaxshiroq"

Khoja
22 noya 2025
O'zbekiston U-17 terma jamoasi darvozaboni Nematulloh Rustamjonov kichik mundial haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Albatta, bizning jamoa JCHda kutgan natijaga erisha olmadi. Biroq ushbu musobaqada barcha bor kuchi bilan harakat qildi va ozgina omad etishmadi.

Yevropa jamoalarining bizning futbolchilardan jismoniy holati yaxshiroq. Biroq futboldagi fikrlash bizning futbolchilardan ancha yuqoriroq.

Kelajakda ushbu turnirdagi ishtirokimiz biz uchun juda katta foyda beradi. Bu turnir biz uchun "bozor" va kelajakda jamoadoshlarimining ko'pchiligi Yevropa jamoalarida to'p suradi. 

Xorvatiyaga qarshi bahs meni esimda qoladigan uchrashuv bo'lib qoladi. 

O'yindan oldin penaltilar seriyasi bo'yicha raqib futbolchilarini o'rganib chiqmagandik. Biroq o'yin vaqtida raqib futbolchilariga gapirib, bosim o'tkazishga harakat qildim. 


KhojaMuallif
Manba: championat.asia