

Aynan shu sababli, futbolchilarimizga qisqa muddatlik tatil e'lon qilingandi. Bir necha kun chiqarilgan hordiqdan keyin yana mashg'ulotlarga kirishildi. Jamoamiz 14 sentyabr kuni “Buxoro”ga qarshi o'tadigan navbatdagi tur uchrashuviga qadar Namanganda yig'in o'tkazadi. Bu vaqt oralig'ida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish ham ko'zda tutilgan. “Navbahor” 9 sentyabr kuni Toshkentda “Paxtakor” jamoasi mehmoni bo'ladi.



