"Navbahor": “Neftchi” bilan o'yinni Ermatov boshqaradi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2017
PFL bugun 3-turdan o'rin olgan uchrashuvlarni boshqaradigan hakamlar brigadasini e'lon qildi.

Unga ko'ra 16 mart kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Ravshan Ermatov brigadasi boshqarib boradi. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam vazifasini Aleksandr Lupashko bajaradi. Nazoratchi sifatida Namanganga Andrey Klepikov, PFL vakili sifatida esa Noil Lutfulin tashrif buyuradi.“Neftchi” bilan o'tadigan uchrashuvga jamoamiz a'zolari bugundan tayyorgarlik ko'rishni boshlashadi. Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi o'yin 16 mart kuni soat 17.00da boshlanadi. Yoshlar o'rtasidagi bahs esa bir kun oldin To'raqo'rg'ondagi “Yoshlik” o'yingohida o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz