“Nasaf”ning navbatdagi transferi ma'lum

Khoja
5 yanv 2024
“Nasaf” jamoasi sobiq futbolchisi Igor Golbanni ortga qaytarmoqda.

Futbolchi 7 yanvar kuni Qarshi jamoasining mashg'ulotlariga qo'shiladi.

Eslatib o'tamiz, Golban 2016-2018 yillar oralig'ida “Nasaf” safida harakat qilgan. Futbolchi so'nggi besh yil davomida esa Namanganning “Navbahor” jamoasida o'tkazdi.

Golban o'tgan mavsum namanganliklar safida Superliga bahslarida barcha uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, himoyachi OCHL bahslarida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia