

23 yoshli futbolchining ijara muddati yakunlandi va u Rossiyaning "Sochi" jamoasi safiga qaytdi. Guarirapa o'tgan yil sentyabr oyida "Sharja"ga ijara asosida yo'l olgan edi.
Futbolchi arab klubi tarkibida chempionat doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U umumiy hisobda 29 daqiqa harakat qildi va 1 ta gol muallifi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Elit Osiyo Chempionlar ligasi 8-turidan o'rin olgan "Sharja" – "Nasaf" uchrashuvi 16 fevral kuni 21:00 da start oladi.



