Qarshidan Jiddaga charter reys orqali safarga chiqqan jamoami delegaciyasi kecha tushdan keyin belgilangan manzilga yetib keldi. Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida jamoamizni “Al-Ahli” klubi vakillari o'zgacha hurmat ehtirom bilan kutib olishdi. Aeroportdan shahar markazidagi “Marriot”mehmonxonaga yetib kelgan futbolchilarimiz shu kunning o'zida Jiddadagi “Al-Ahli” klubiga qarashli mashg'ulotlar maydonida ilk mashg'ulotlarni o'tkazishdi.
Bugun jamoamiz a'zolari bir mahal mashg'ulot o'tkazishadi va raqib jamoa ishtirokidagi o'yin ko'rib chiqishadi. Ertaga o'yinoldi rasmiy tadbirlar – menejerlar mitingi va har ikkala jamoa bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Aziz NURIY,
Jidda, Saudiya Arabistoni.