

Klub futbolchilari va rasmiy delegaciyasi 4 fevral shanba kuni ertalab, Toshkent – Dubay – Al-Dammam havo yo'nalishi bo'yicha parvoz qiladi. Shu kuni klub delegaciyasi Saudiya Arabistonining Al-Axsa shahriga yetib borishni rejalashtirgan. Saudiya Arabistonining Ash-Sharqiya okrugi markazi - Al-Dammam shahridan Al-Axsa shahrigacha chamasi 160 km masofani tashkil qiladi.
“Nasaf” jamoa murabbiylari 5 fevral kuni o'yin bo'lib o'tadigan shaharda ilk mashg'ulotni o'tkazishni rejalashtirgan.
Klubimiz futbolchilari, murabbiylari va delegaciya a'zolariga yoqimli parvoz tilab qolamiz.
Bo'lajak uchrashuvda esa g'alaba qozonib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishiga tilak bildirib qolamiz.




