"Napoli" Losanoga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2019, 18:45
PSV yarim himoyachisi Irving Losano "Napoli" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

23 yoshli futbolchi JCH-2018da Meksika terma jamoasi safidagi o'yini bilan neapolliklarning e'tiborini tortdi.

"Napoli" PSV bilan bog'lanishga ulgurdi. Gollandiya klubi o'z futbolchisi transferidan kamida 35 mln. evro ishlab olmoqchi.

Losano joriy mavsum PSV safida 11ta gol urib, 7ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia