

Ushbu bahs 26 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
"Oldimizda ajoyib o'yin kutib turibdi. Argentina - dunyoning eng yaxshilaridan biri, tarkibida Leo Messi misolidagi ajoyib futbolchilari bor.
Ularning barchasi katta klublar tarkibida o'ynamoqda. Ular o'zlariga katta mas'uliyatni bo'yniga olishadi va turnir davomida bor kuchini berib mehnat qiladi.
Eng yaxshilariga qarshi o'ynash menga yoqadi. Messiga qarshi o'ynash - o'zgacha vaziyat. U bilan yuzma-yuz o'ynash - ajoyib holat.
Argentinaning Saudiya Arabistoniga qarshi o'yini natijasi meni hayron qoldirdi. Saudiya Arabistoni tartibli va rejali o'ynagani uchun yutdi", - dedi Losano.


