Napoli – Atalanta uchrashuviga muxlislar kiritilmaydi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2020, 09:06
Italiya chempionatining 4-turidan o'rin olgan Napoli – Atalanta bahsiga avvalroq ruxsat berilgan 1000 nafar tomoshabin kiritilmaydi, bu haqida Neapol sport komissari Chiro Boriello ma'lum qildi.

17 oktyabr kungi Napoli – Atalanta uchrashuviga ming nafar muxlis tashrif buyurishi haqidagi qarorni o'zgartirishga majburmiz. Chunki, hozir bizda odamlarning xavfsizligini kafolatlovchi shartlar mavjud emas. Kasallikni yuqtirib olish borgan sari ko'paymoqda. Yuventus bilan o'yinga bora olmagani uchun Napoliga texnik mag'lubiyat yozilgani – noto'g'ri qaror. Andrea Anelli (Yuventus rahbari) uyalishi kerak, – deydi Boriello.

Hozirgi vaqtda Italiyada koronavirusning ikkinchi to'lqini davom etmoqda. Shu sababli Neapolda maktablar 30 oktyabrga qadar yopib qo'yildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football italia