

"Bild" nashri xabariga ko'ra, 33 yoshli darvozabon qishda Myonxengladbaxning "Borussiya"sidan "Manchester Yunayted"ga o'tadi. Uning nemis klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha mo'ljallangan, shuning uchun ular hech bo'lmaganda tovon puli evaziga uni qishda qo'yib yuborishga tayyor.
Zommer allaqachon "Manchester Yunayted"ga o'tishga rozilik bergan. Manbaga ko'ra, Shveytsariya terma jamoasi posboni "Manchester Yunayted" bilan bitimi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan jamoaning asosiy darvozaboni David De Xea o'rnini egallaydi. Katta ehtimol bilan ispaniyalik bilan boshqa hamkorlik qilinmaydi.
Zommer 2014 yildan beri "Gladbax"da to'p tepib kelmoqda.



