MYU tarixida hech bir murabbiy qilmagan ishni Maykl Kerrik uddaladi

Khoja
2 mar 2026, 07:25
"Manchester Yunayted" Maykl Kerrik qo'l ostida "Kristal Pelas"ni (2:1) mag'lub etdi.

Shu tariqa, ushbu mutaxassis "qizil iblislar" tarixida chempionatning dastlabki beshta uy o'yinida besh g'alaba qozongan birinchi murabbiy bo'ldi. Bu haqda Skuawka xabar bermoqda.

Ushbu seriyada "Manchester Yunayted" uyida "Arsenal' (3:2), "Manchester Siti" (2:0), "Fulxem" (3:2), "Tottenxem" (2:0) va "Kristal Pelas"ni mag'lub etgan.

Ayni vaqtda "Manchester Yunayted" 51 ochko bilan APLda uchinchi o'rinni egallab, turibdi. Keyingi turda Maykl Kerrik jamoasi 4 mart kuni safarda "Nyukasl" bilan o'ynaydi.


KhojaMuallif
Manba: Skuawka