Muzaffar Umirzoqov "Lokomotiv" mashg'ulotlarida
Narzulla Saydullayev
22 dek 2014, 14:40
Bizga kelgan ma'lumotlarga ko'ra, ikki nafar futbolchi, Muzaffar Umirzoqov va Farrux Nurliboev "Lokomotiv" mashg'ulotlarida ishtirok etyaptilar.
Voqeaga aniqlik kiritishimizcha, bu futbolchilar shunchaki sport formalarini ushlab turish maqsadida mashg'ulotlarda qatnashyaptilar. Ularni jamoada qolish-qolmasliklari ma'lum emas.