Mourinyo tez ishga qaytgani uchun "Tottenxem"dan kutilganidan kamroq pul oladi

Mirjalol Normatov
4 may 2021, 22:31
O'tgan oyda Joze Mourinyo "Tottenxem"dan iste'foga chiqarilgandi.

Ammo oradan ikki hafta o'tib, uning "Roma"ga bosh murabbiy bo'lganligi ma'lum qilindi. "Goal" xabariga ko'ra, mutaxassis kutilganidan tezroq ishga qaytgani uchun "Tottenxem"dan 3 mln evro kompensaciya pulini oladi. 

Aslida London klubi unga 23 mln evro to'lashi kerak ekanligi aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal