Mottaning iste'fosi "Yuventus"ga 20 mln evroga tushadi

Alisher
23 mar 2025
Tyago Mottaning iste'fosi "Yuventus"ga qanchaga tushishi ma'lum bo'ldi.

Umumiy xarajatlar Motta shtabining barcha xodimlarini qo'shib hisoblaganda 20 mln evro atrofida bo'ladi.

Shu bilan birga, "Yuventus" uchun Chempionlar ligasiga chiqish muhim. Keyingi mavsumda turnirda ishtirok etish turinliklarga kamida 50 mln evro keltiradi.

"Yuve" ayni damda A Seriyada 5-o'rinda bormoqda va Chempionlar Ligasi zonasidan 1 ochko ortda qolmoqda.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com