Morata ajrashyapti. Alvaro xiyonat qildimi?

Aslanov Jasurbek
19 avg 2024
Alvaro Morata xotini Aliche Kampello bilan ajrashayotgani haqida gapirdi.

"Milan" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi hamda uning ayoli, model, biznesvumen ijtimoiy tarmoqlar orqali o'z qarorlarini e'lon qilishdi.

"Qalbim vayron bo'lyapti, ammo qasam ichaman, hech qachon unga xiyonat qilmaganman. Xotinim hayotimdagi eng muhim ayol.

Alichega vafodor emassan deyayotgan odamlardan charchdim. Bunday mish-mishlar paydo bo'lmasligi uchun xatto terma jamoaning bayramiga ham bormadim. Unga bo'lgan hurmatim tufayli hech kim bilan muloqot qilmadim.

Aliche Ispaniyada qolishni xohladi, u yana ko'chishni istamadi. Qarashlarimiz turlicha bo'lishiga qaramasdan munosabatlarimiz juda yaxshi, to'rt farzandimiz uchun shunday munosabatlarni saqlab qolmoqchimiz" - deydi Morata.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik shu yozda "Atletiko"dan "Milan"ga o'tgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal