

Fransiyalik mutaxassis monegasklardan 10 mln.dan 15 mln. evrogacha mablag' oladi.
24 yanvar kuni "Monako" Anrini iste'foga chiqargan edi. Terri 13 oktyabr kuni klub bosh murabbiyi sifatida e'lon qilingan edi, biroq u Fransiya chempionatining 12ta o'yinida bor-yo'g'i 2ta g'alabaga erishdi, Chempionlar ligasi guruh bosqichida so'nggi o'rinni egalladi va Fransiya Kubogidan chiqib ketdi.
Oldinroq, Leonardu Jardim "Monako"ga qaytishi mumkinligi e'lon qilingan edi.



