Milinkovich-Savich "Lacio"da qolishi mumkin

Alisher
13 iyun 2022, 18:01
"Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich kelasi mavsumda Rim klubida qolishi mumkin.

Ehtimoliy xaridorlarni "burgutlar" so'rayotgan yuqori narx cho'chitmoqda.

Qayd etish kerakki, "Lacio" shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan Milinkovich-Savichning transferi uchun 60 mln evro so'ramoqda. Serbning xizmatlariga "Yuventus" va "Manchester Yunayted" befarq emas.

Agar xavbek kelasi mavsumda ham "Lacio"da qolsa, bir yildan so'ng erkin agent maqomida kyetishi katta ehtimol.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato