“Milan” – “Speciya” bahsidan keyin hakam yig'lab yubordi

Eldor Akmurzayev
19 yanv 2022
A Seriya doirasida o'tgan “Milan” – “Speciya” (1:2) bahsida bosh hakam Marko Serra bahsning oxirida yo'l qo'ygan xatosidan qattiq ta’sirlandi.

U “rossonerilar” yarim himoyachisi Junior Messiasning golini hisobga olmadi. Gap shundaki, o'yin qoidasi buzilgan vaziyatda to'p “Milan”da qolgandi, ammo hakam yarim himoyachining gol urishidan oldin hushtak chalib, jarima zarbasi belgiladi.

Uchrashuv tugaganidan keyin esa arbitr milanliklardan uzr so'radi va tribuna ostiga ko'z yoshlari bilan yo'l oldi. Serra kamida ikkita turga diskvalifikaciya qilinishi kutilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Milan News