"Milan" futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
4 fev 2022, 10:52
"Milan" matbuot xizmati himoyachi Matteo Gabbiya bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qildi.

22 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2026 yilgacha amal qiladi. Eski shartnoma esa 2024 yilda yakunlanishi kerak edi.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, uning yillik maoshi esa 800 ming evrodan 1,2 million evroga oshdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/acmilan