"Milan" bosh murabbiylikka yangi nomzod bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
7 okt 2019, 17:40
Italiyalik mutaxassis Luchano Spalletti "Milan" bilan muzokaralar olib bormoqda.

Jampaoloning o'rniga jamoani boshqarishi mumkin bo'lgan mutaxassis buning uchun ancha ter to'kishi, yani "Inter"dan shartnomasini sotib olishi kerak bo'ladi.

60 yoshli Spalletti o'tgan yozda "neradzurri"dagi faoliyatini yakunlagan edi, ammo shartnoma 2021 yilga qadar mo'ljallangan.

Murabbiy faoliyati davomida "Roma", "Zenit" va "Inter" klublarida ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport