"Milan" Bakkaning transferi haqida e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2015
"Milan" "Sevilya" hujumchisi Karlos Bakka borasida kelishuvga erishdi.

28 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tib, shartnoma imzolaydi deyiladi Italiya klubi rasmiy saytida.

Oldinroq "Milan" Bakka uchun 30 mln. evro to'lashi ma'lum qilingan edi. Hujumchi "Milan" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va yiligi 3,5 mln. evro ishlab topadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com