“Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvida qanot hakamlari o'zgardi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2018, 20:43
1-tur doirasidagi “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvida qanot hakami vazifasini bajaruvchi T.Gaynulin va A.Sapenko o'rniga R.No'monov hamda D.Saylavov almashtirildi.

Sababi, mazkur uchrashuv 2 martga belgilangan vaqtda unda xizmat qiluvchi hakamlar guruhi e'lon qilingandi. O'yin bekobodliklarning iltimosiga ko'ra 2 martdan 4 martga ko'chirildi. T.Gaynulin va A.Sapenko esa 4 mart kuni ertalab Malayziyada tashkillashtiriladigan hakamlar seminarida ishtirok etish uchun jo'nab kyetishlari lozim.  Shu munosabat bilan Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hakamlar almashtirildi.


“Metallurg” – “Navbahor”
Hakamlar: 
V.Serazitdinov (Toshkent), R.No'monov (Toshkent), D.Saylavov (Toshkent), R.Lutfulin (Toshkent).
Nazoratchi: B.Tog'aev (Toshkent).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz