Menotti: "AFA Messi bilan murabbiy tanlashiga ishona olmayman"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2017, 17:43
Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Sesar Luis Menottining fikricha, Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) rahbariyati hujumchi Lionel Messi bilan "albiseleste" bosh murabbiyini tanlashi noto'g'ri ekanligini aytdi.

OAV bir necha marotaba Argentina terma jamoasidagi ko'p narsani Messi hal qilishini e'lon qilgan edi. Shu bilan birga, Lionel milliy jamoaga taklif qilinishi kerak bo'lgan futbolchilarni tanlab berar ekan.

"AFA Messi bilan murabbiylarni tanlashiga ishona olmayman. Futbolchidan unga bu yoki boshqa murabbiy yoqishini so'rash ahmoqlik" - deydi Menotti.

Oldinroq AFA Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Edgardo Bausani iste'foga chiqargan edi. AFA ushbu joyga "Sevilya" va "Atletiko" ustozlari Xorxe Sampaoli va Diego Simeonelarni ko'rib chiqmoda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com