Mbappe PSJni Bernardu Silvani sotib olishga ko'ndirmoqchi

Sherzod Nurmatov
25 yanv 2023, 18:58
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya klubidan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani safiga qo'shib olishni istamoqda, deb xabar berdi "Daily Mail".

Manbaga ko'ra, Silva faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirish haqida o'ylamoqda.

28 yoshli yarim himoyachining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Silva joriy mavsum APLda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mbappe va Silva 2015-2017 yillarda "Monako"da birga o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail