Martinelli qancha vaqtni maydondan tashqarida o'tkazadi?

Mirjalol Normatov
8 fev 2025, 00:43
"Arsenal" futbolchisi Gabriel Martinelli mart oyi boshiga qadar safga qaytmaydi.

"Arsenal" vingeri Angliya Liga Kubogi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. "The Athletic" ma'lumotiga ko'ra, braziliyalikning tiklanishi uchun bir oydan ko'proq vaqt kerak bo'ladi. Uning 16 mart kuni "Chelsi" bilan bahsda qatnashishi ham so'roq ostida turibdi.

Martinelli ushbu mavsumda APLning 22 o'yinida qatnashib, 6 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic