"Marsel" prezidenti 4ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Alisher
3 okt 2019
"Marsel" prezidenti Jak-Anri Eyro chetlatishga uchradi.

Prezident Fransiya chempionati 6-tur doirasidagi "Monpele"ga qarshi o'yinda hakamni tanqid qilgani uchun jazoga tortildi.

Klub xo'jayini umumiy 4ta o'yinga chetlatildi, ulardan ikkitasi ma'lum talablar bilan.

Uning jamoa zaxira o'rindig'i, hakam kiyinish xonasi va barcha rasmiylar xonasiga kirishi taqiqlanadi.

Eslatib o'tamiz, "Marsel" - "Monpele" o'rtasidagi o'yin 1:1 hisobida yakunlangan edi.


AlisherMuallif
Manba: ligue1.com