Marsel: "Finalda kim bizga raqiblik qilishining farqi yo'q"

Абдулвосит Бектемиров
3 okt 2024, 16:22
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/2 finali doirasida Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Braziliya terma jamoasi a'zosi va mundial to'purari Marsel saytimizga intervyu berdi.

"Ukraina qanday jamoa ekanligini isbotlay oldi. Bugun biz musobaqadagi eng qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Final yo'llanmasini taqdiri bir necha daqiqa hal bo'lib ketdi. Muhimi biz g'alaba qozondik va finalga yo'l oldik. Finalda kim bizga raqiblik qilishining farqi yo'q. Biz bu haqda o'ylamayapmiz, sababi biz chempion bo'lishni maqsad qilganmiz. O'zbekistonga kelganimizga 30 kundan ortdi. Hozircha barchasi biz uchun a'lo darajada ketmoqda. Endi faqatgina finalda g'alaba qozonsak bo'ldi", - dedi Marsel.



Eslatib o'tamiz, Braziliya finalda Argentina - Fransiya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi. 

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia