"Marsel" bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Narzulla Saydullayev
8 dek 2013
"Marsel" klubi rahbariyati "Nant"ga qarshi o'yindan (0:1) so'ng bosh murabbiy Eli Bopni iste'foga chiqardi.
Bunga jamoa qayd etgan qoniqarsiz natijalar sabab bo'ldi. Klub Fransiya chempionatining 17ta turidan so'ng 27 ochko bilan musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda.

Bop "Marsel"da 2012 yil yozidan buyon ishlab kelayotgandi.

Qishki tanaffusga qadar "Marsel"da bosh murabbiy sifatida klub sport direktori Joze Anigo ishlab turadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru