Marotta shifoxonada

Alisher
12 mar 2021
"Inter" ijrochi direktori Beppe Marotta koronavirus sabab shifoxonaga tushib qoldi.

"Sampdoriya" va "Yuventus" sobiq rahbari 25 fevral kuni COVID-19'ga musbat test topshirgan edi, bir necha kun oldin esa shifoxonaga yotqizildi.

Marotta bu qarorni klub tibbiy xizmati rahbari Pero Volpining tavsiyasiga binoan ehtiyot chorasi sifatida qabul qildi. 

U hozirda o'zini yaxshi his qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Corriere della Sera