Mark Vilmots: "Eron hujumkor o'yin ko'rsatishda davom etadi"

Xayrulla Xoliqov
13 iyun 2019, 15:44
FIFA kunlaridan foydalanib Eron terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Terma jamoa yangi bosh murabbiyi Mark Vilmots qo'l ostida ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Forslar dastlab Suriyani 5:0 hisobida mag'lub etishdi hamda Seulda kechgan Janubiy Koreyaga qarshi bahsda 1:1 hisobini qayd etdi. 

Belgiyalik murabbiy dastlabki ikkita o'yin bo'yicha o'z xulosasini berdi: "O'rtoqlik o'yinlari o'z nomi bilan o'rtoqlik o'yinlari. Lekin bu jamoa sifatida o'yin saviyamizni oshirishga xizmat qiladi. Men doim aytganman: futbolda eng yaxshi himoya - hujum, shunday ekan biz hujumkor o'yin ko'rsatishda davom etamiz. Har bir o'yinda o'rtacha 10 golli vaziyat yaratishga harakat qilamiz".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com