Vilmots Eron terma jamoasidan ketdi

Alisher
5 dek 2019
Belgiyalik mutaxassis Mark Vilmots Eron terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqdi.

Bu haqda Vilmotsning o'zining shaxsiy "Tvitter" sahifasida xabar berdi.

Murabbiyning yozishicha, Eron futbol federatsiyasi u bilan tuzilgan shartnomada ko'rsatilgan majburiyatlarni bajarmagan.

50 yoshli mutaxassis bungacha Kot-d'Ivuar terma jamoasida ishlagan. Undan oldin esa Belgiya termasini 4 yil davomida boshqargan va jamoani JCH-2014 va Evro-2016 1/4 final bosqichlariga qadar olib chiqqan.

Eslatib o'tamiz, Eron terma jamoasi JCH-2022 saralashi Osiyo mintaqasi "C" guruhida 3-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/wilmotsmarc