Marez shu haftada yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2018, 17:43
"Lester Siti" yarim himoyachisi Riyad Maxrez "Manchester Siti"ga o'tadi.

"Shaharliklar" 27 yoshli jazoirlik uchun taxminan 60 mln. funt to'laydi.

Maxrez shu haftada bitim imzolanishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi.

"Lester" yanvarda futbolchini "Siti"ga sotmadi. Marez bundan xafa bo'lib, mashg'ulotlarga chiqmay qo'ydi va klub tomonidan 240 ming. funt jarimaga tortildi. Keyin u tarkibga qaytdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports News