Marek Gamshik Xitoy klubiga o'tishni istamadi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2016, 19:21
"Napoli" futbolchisi Marek Gamshik Xitoy chempionatiga ko'chib o'tishni xohlamadi, deya xabar qilmoqda Gazzetta dello Sport.
Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchiga Xitoy ikkinchi divizionining "Tyanczin Sunczyan" jamoasi tomonidan qiziqish bildirilmoqda.

Biroq, slovakiyalik futbolchi ushbu taklifni ko'rib chiqqani ham yo'q.

Ta'kidlab o'tish lozimki, Gamshik bundan bir oy oldin "Yuventus" taklifini rad etgani haqida xabar qilingandi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport