Maradona Safarov “Mashal” mashg'ulotlariga kelib qo'shildi

Alisher
5 yanv 2022
O'tgan mavsumni birinchi liga ishtirokchisi “Zomin” klubida o'tkazgan hujumchi Maradona Safarov “Mashal” mashg'ulotlariga kelib qo'shildi.

Pro-liganing yangi ishtirokchisi bo'lgan “Zomin” bosh murabbiyi Asqar Umarov bilan suhbatlashganimizda, Safarov jamoani tark etganini ma'lum qildi. 

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, Maradona “gazchilar”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kelib qo'shilgan. Katta ehtimol bilan mavsumni “Mashal”da boshlashi kutilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia