Maqsud Fayzullaev: “Bu mavsumda ko'proq mahalliy futbolchilarga e'tibor qaratilgan”

Aslanov Jasurbek
12 noya 2021, 20:41
Bekobodning “Metallurg” klubi ortda qolgan 6ta uchrashuvdan keyin 6 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda. Xo'sh, bu mavsum “Metallurg” o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ygan. Bunga javob olish istagida jamoa sardori Maqsud Fayzullaev bilan suhbatlashdik.

“Afsuski, 2-turning 3 ta uchrashuvida mag'lubiyatga uchratdik. Bu esa tur oldidanqo'yilgan vazifani bajara olmaganimizdan dalolat. Shunga qaramay, biz ijobiy natija ko'rsatish uchun qo'ldan kelgancha harakat qildik. Afsuski, natijalarimiz o'zimiz kutgandek chiqmadi. 

Mavsum oldidan mahalliy yigitlarga ko'proq e'tibor qaratildi. Asosan bekobodlik yoshlar taklif qilingan. Bu esa natijalarimizga o'z ta’sirini o'tkazmoqda. Chunki tarkibdagi yangi futbolchilarning jamoaga to'liq moslashib ketishlariga vaqt talab qilinadi. 

O'tgan mavsumda chempionatda 4-o'rinni egalladik. Afsuski, mavsum avvalida tarkibimizdan 8 nafar futzalchi tark etdi. Deylik, asosiy tarkibdan 8 nafar futbolchi yordam bera olmayapti. Xususan, 7 nafari jamoani tark etdi.  Xususan, Shuhrat Tojiboev esa yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Tarkibimizda katta o'zgarishlar bo'ldi. Shundan ham bilish mumkin, bu yil klubga e'tibor qay darajada ekanidan", - deydi Fayzullaev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia