"Manchester Yunayted" yanvarda Meddisonni transfer qiladimi?

Alisher
9 noya 2020
"Manchester Yunayted" "Lester" xavbeki Jeyms Meddisonni ushbu qishda xarid qilishi qiyin masala.

"Qizil iblislar" 23 yoshli angliyalik futbolchining yozgacha "tulkilar" safida qolib, APLda sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqchi ekanligini bilishadi.

Xabarlarga ko'ra, MYU kelasi yozda Meddisonning transferi uchun 55 million funt to'lashga tayyor.

Futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports