"Manchester Yunayted" "Inter"ga taklif bilan chiqmagani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
9 okt 2021, 14:48
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "Inter" yarim himoyachisi Marcelo Brozovich jamoada qoladi.

Uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan bo'layotgan qiziqishlar esa shunchaki mish-mish bo'lib chiqdi. Ayni damda "Inter" 28 yoshli xorvatiyalik bilan shartnomani uzaytirish borasida ishlamoqda. Kelasi haftada tomonlar bu borada yakuniy ishlarni olib borishadi.

Brozovich 2015 yildan buyon milanliklar sharafini himoya qilmoqda. Uning amaldagi kelishuvi 2022 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano