"Manchester Yunayted" futbolchisi "Lacio"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 sen 2020, 17:24
"Manchester Yunayted" xavbeki Andreas Pereyra faoliyatini Rimda davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Fabricio Romanoning bergan ma'lumotiga ko'ra, braziliyalikning xizmatlariga "Lacio" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Tomonlar bugun muzokaralarni boshlagan.

24 yoshli futbolchining transfer narxi 16 mln evroga baholangan. "Lacio" futbolchini bir yilga ijaraga olish niyatida bo'lib yuribdi.

O'tgan mavsumda Pereyra MYU tarkibida 25 o'yinda 1 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano