"Manchester Siti" xo'jayinlari Fransiya klubi xarid qilinganini e'lon qilishdi

Alisher
3 sen 2020, 18:46
City Football Group kompaniyasi Fransiya klubini xarid qildi.

Gap Liga 2'da ishtirok etadigan "Trua" klubi haqida ketmoqda. Kompaniyaning boshqaruv direktori Ferran Soriano City Football Group'ning anchadan beri "Trua" klubiga qiziqishini aytdi.

"Trua"ning porloq kelajagi uchun birga ishlash uchun yangi uyimiz va muxlislarimiz bilan tanishishni orziqib kutyapmiz", - deydi Soriano.

"Trua" City Football Group'ning 10-klubi bo'ldi. Ularning eng taniqlisi kompaniya 2008 yilda xarid qilgan "Manchester Siti" klubidir.


AlisherMuallif
Manba: cityfootballgroup.com